"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi: "Ten Xagga kelasi yil yozgacha imkoniyat berish kerak edi"

  • 30 oktabr, 2024, 10:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Xenning Bergning aytishicha, "qizil iblislar" rahbariyati murabbiyini mavsum o‘rtasida emas, balki kelasi yil yozda almashtirishi kerak edi.

"Mavsum davomida murabbiyni almashtirish hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Agar ular buni yozda qilganlarida, yangi murabbiy "Liverpul" singari o‘z uslubini jamoaga tezda singdira oladigan darajaga etishi mumkin edi. Yozdagi tanaffus paytida qayta qurish, ishlash, futbolchilarni mavsum boshlanishiga tayyorlash uchun etarlicha vaqt bo‘lar edi. Endi hamma narsa ancha murakkab.

Tecno

Eng katta muammo shundaki, hozir mavsum o‘zining eng avj pallasiga chiqqanda qaerdan top darajadagi murabbiy olib kelish mumkin. Shunisi ham, juda o‘ylantirmoqda.

Erik ten Xag "Ayaks"da qilgan ishini bu erda takrorlashga urindi. Lekin menimcha, u qandaydir oddiy ligaga emas, APLga kelganini unutib qo‘ydi. Mutahassisga etarlicha imkon berildi. Ammo bari yakunda biroz qoniqarsiz tarzda xotima topdi", - dedi Henning Berg.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!