“Manchester Yunayted” Ronalduni katta pulga “sotib olmoqchi”

  • 10 iyul, 2022, 14:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” rahbariyatidan katta miqdorda bonus oldi. Britaniya OAV xabariga ko‘ra, hujumchi yozda klubni tark etish istagini bildirganidan so‘ng, mankunianliklar o‘z futbolchisining fikrini o‘zgartirish uchun shunday yo‘l tutgan.

Tecno

Oldinroq portugaliyalik Bundesliga yoki A seriya klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda KriRoning agenti "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kecha esa futbolchining agenti Krishtianuning xizmatlarini PSJga taklif qilgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Ronalduning ketishdagi asosiy sabablaridan biri — katta sovrinlarga da’vogar klubga o‘tish istagi. Qolaversa, portugaliyalik "qizil iblislar"ning yozgi transfer oynasi paytidagi sust harakatlaridan ham norozi bo‘lgani ham aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!