
“Manchester Yunayted” Ronaldu borasida bir qarorga keldi
Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Boisi, futbolchi Chempionlar ligasi sabab ingliz klubini tark etishni istamoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” bu yozda 37 yoshli hujumchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Klub Krishtianuni kamida qishgacha tarkibda saqlab qolmoqchi.
Yaqinda Ronaldu rahbariyatdan uni boshqa klubga sotishni so‘ragandi, ammo mankunianliklar portugaliyaliklarning iltimosini bajarishmadi. "Qizil iblislar" hujumchini jamoaning muhim bo‘lagi deb bilishadi va uni qo‘yib yuborishga qarshi.
Futbolchi o‘tgan mavsum boshida "Old Trafford"ga qaytgandi. Klub forvard bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar