
“Manchester Yunayted”: Ronaldu bo‘lmasa, boshqasi
“Manchester Yunayted” klubni tark etishga qaror qilgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar topdi. “Qizil iblislar” “Bayer” hujumchisi Florian Virttsni portugaliyalikka munosib alternativ bo‘lishiga shubha qilmayapti.
Avvalroq Krishtianu mankunianliklar safida boshqa o‘ynashni istamasligini, shuningdek, jamoaning ilk yig‘inini ham o‘tkazib yuborganini aytgandi. Shu bois, "Manchester Yunayted" Ronalduning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi - Virtts bu o‘ringa asosiy da’vogarlardan biri, deb xabar beradi “Media Foot Marseille” nashri.
19 yoshli hujumchi 2019 yilda “Kyoln”dan “Bayer”ga ko‘chib o‘tgandi va tezda “dorichilar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.
O‘tgan mavsumda futbolchi Bundesliga doirasida 24 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar