“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ga nima taklif qilganini bilasizmi?

  • 30 avgust, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xagga kerak bo‘lmay qolgan futbolchini o‘zlari istagan ijrochiga almashtirish maqsadida “Barselona”ga rokirovka taklif qilmoqda.

Tecno

Ispaniyaning Sport.es sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar kataloniyaliklardan himoyachi Aaron van-Bissakani olib, o‘rniga Serjino Destni berishni so‘rayapti.

“Barsa” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yangi mavsumda Destga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan.

24 yoshli Van-Bisakka 2019 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilmoqda. 55 million evroga olingan himoyachi shu kunga qadar 126 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.

21 yoshli Dest “Barselona”ga ikki yil muqaddam kelgan. Hozirgacha kataloniyaliklar safida 72 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va to‘rtta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!