
“Manchester Yunayted” qimmatbaho yulduzning Evropadagi faoliyatiga nuqta qo‘ymoqchi
“Manchester Yunayted” skautlari Braziliyadan yangi iqtidor egasini topdi. “Flamengo”ning 19 yoshli hujumkor futbolchisi Lorran universilligi bilan superklub nazariga tushdi.
Bu o‘yinchi har ikki qanotda samarali o‘yin ko‘rsata oladi. Manchesterliklar uni yanvarda o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Qizig‘i shundaki, Ruben Amorim jamoasi yosh o‘yinchining transferiga 2022 yili 95 million evroga transfer qilingan Antonini qo‘shmoqchi.
Antoni ham Braziliya futbolchisi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uni o‘z yurtiga qaytarish varianti “Manchester Yunayted”ni Lorran uchun kurashda raqobatchilari – “Vest Xem” va “Brayton”ni ortda qoldirish imkonini beradi.
Lorran 2024 yil davomida “Flamengo” safida jami 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar