“Manchester Yunayted” orzusidagi superhujumchini qo‘lga kiritdi

  • 30 iyul, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirayotgan edi.

Tecno

Nihoyat, manchesterliklar “Atalanta” bilan daniyalik to‘purar Rasmus Xyoylunn transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Sky Sports nashriga ko‘ra, angliyaliklar 20 yoshli hujumchi uchun italiyaliklar 64 million funt to‘laydi va yana 8 million funt bonus to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag markaziy hujumchi pozitsiyasiga Harri Keyn, Viktor Osimxen, Renjal Kolo Muani kabi to‘purarlarni mo‘ljallagan edi. Biroq, bu forvardlar transferi klubga qimmatlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Meksikanes TV
30/07/2023 14:29
Хато кимелар админлар Хар сарлавхада хатолар