“Manchester Yunayted” nega mavsumni omadsiz boshladi?

  • 22 avgust, 2022, 14:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 2022/23 yilgi mavsumning omadsiz boshlanishi sabablari haqida gapirdi.

Tecno

“Mavsum oldi tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik, ammo keyin Marsyal jarohat oldi, Ronaldu esa tayyor emas edi.

Birinchi o‘yinda tarkibimizda umuman birga o‘ynamagan ikkita markaziy himoyachi va unchalik yaxshi formada bo‘lmagan darvozabon bor edi. Sabablar ko‘p, lekin sekin-asta barchasini to‘g‘rilab boraveramiz. O‘ylaymanki, natijalar yaxshiroq bo‘ladi”, - deydi ten Xag.

Ma’lumot o‘rnida, APLning ikki turidan keyin “Manchester Yunayted” turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!