“Manchester Yunayted” Mourino so‘ragan futbolchining narxini aytdi. Bu Jozega yoqmadi!

  • 24 iyul, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma” tarkibini “Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Erik Bayi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Ivuarlik futbolchi o‘z vaqtida Joze Mourino qo‘l ostida ham o‘ynagan va portugaliyalik mutaxassis uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Erik Bayi bir necha mavsumdan beri asosiy tarkibga kira olmayapti. 28 yoshli futbolchining sharxi tushib ketgan. O‘tgan mavsum premer-ligada atigi to‘rt marta ko‘rinish bergan o‘yinchini  https://www.transfermarkt.world portali olti million evroga baholagan.

Manchesterliklar “Roma”dan bo‘layotgan qiziqishni inobatga olib, Bayi uchun 10 million funt so‘rayapti. Tabiiyki, bu narx rimliklarni qoniqtirmaydi.

“Yunayted” rahbariyati 2016 yili bu himoyachi uchun “Vilyarreal”ga 38 million evro to‘lagan edi. Keyinchalik Bayi asosiy tarkibdagi joyini boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!