“Manchester Yunayted” Messining vorisini olib keladi

  • 6 fevral, 2023, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Lionel Messi bilan xayrlashganidan keyin klub rahbariyati afsonaviy o‘yinchi o‘rnini Ansu Fati egallashini kutgan edi.

Tecno

Iste’dodli hujumchiga Messining vorisi sifatida 10-raqam topshirilgan. Biroq, professional faoliyatini yorqin boshlagan Fati ketma-ket ikki marotaba og‘ir jarohat olganidan keyin avvalgi darajasiga chiqolmadi.

Ayni paytda 20 yoshli futbolchi Kataloniyani tark etishga qaror qilgan. Bosh murabbiy Xavi ham uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Fatiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar yozda bu transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.

Ansu Fati joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!