
"Manchester Yunayted" Maunt uchun kurashdan chiqdimi?
So‘nggi kunlarda Meyson Maunt haqda mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Uning "Chelsi"dan ketishi va faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi aniqlashib borayotgandi. Ammo "aristokratlar" bilan kelishuv amalga oshmadi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, MYuning taklifi hali ham o‘z kuchida. Klub yarim himoyachi uchun 55 million evro to‘lashga tayyor. Agarda bu taklifga londonliklar rozi bo‘lsa, Meyson "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi. "Chelsi" esa 65 million funt istamoqda.
Mauntga "Bavariya"dan qiziqishlar paydo bo‘lgan, lekin myunxenliklar hali taklif bilan chiqmadi.
Fikrlar