"Manchester Yunayted" Maunt bo‘yicha ikkinchi marta rad javobini oldi

  • 21 iyun, 2023, 19:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Chelsi"ga Meyson Maunt bo‘yicha o‘zining rasmiy ikkinchi taklifini yubordi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, London klubi "qizil iblislar"ning 45+5 million funtga mo‘ljallangan ikkinchi taklifiga ham rad javobini bergan. "Aristokratlar" iqtidorli yarim himoyachini kamida 65 millionga sotishni rejalashtiryapti. 

Manchester klubi buncha summa to‘lash niyatida emas. Biroq muzokaralar hamon davom etayotgani aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!