"Manchester Yunayted" Madrid klubi futbolchisini xarid qilmoqchi

  • 7 noyabr, 2022, 01:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorentega qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Tecno

Ispaniya klubi evrokuboklarni muddatidan oldin tark etgani sababli moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida futbolchini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

27 yoshli Lorentening "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Avvalroq, Lrentega Angliyaning "Livepul" klubi ham da’vogarlik qilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!