
"Manchester Yunayted" "Lion" hujumchisi uchun 110 mln evrodan voz kechishga tayyor
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Mankuanliklar ushbu futbolchi uchun frantsuz grandiga 110 million evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, "Lion" Dembeleni bundan bir yil muqaddam "Seltik"dan 22 million evro evaziga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Mussa joriy mavsum Frantsiya chempionatining 7 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar