
“Manchester Yunayted” orzusidagi futbolchini ko‘ndirdi
“Everton” himoyachisi Jarred Brentueyt faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishga rozilik berdi.
The Times nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar anchadan beri kuzatib kelayotgan himoyachini transferga ko‘ndirgan.
Endi “Yunayted” ushbu transferni yakunlash uchun “Everton” bilan kelishib olishi kerak.
Liverpul shahrining bu klubi o‘z o‘yinchisini 70 million funtga baholamoqda.
“Manchester Yunayted” Brentueytga har hafta 150-160 ming funt miqdorida maosh tayinlashi aytilmoqda.
Fikrlar