“Manchester Yunayted”: Katta transferga bir qadam qoldi!

  • 5 iyul, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati Niderlandiya terma jamoasi va “Barselona” futbolchisi Frenki de Yong transferini rasmiylashtirishi uchun shartnomaning so‘nggi bandlarini hal qilish masalasi qoldi xolos, deb xabar tarqatdi mashhur insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar transferga talab qilinadigan badal puli miqdori bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Bu o‘yinchi manchesterliklarga 65 million evroga tushadi.

Ayni paytda tomonlar o‘yinchi uchun belgilanadigan bonus miqdorini kelishish bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti. Ma’lumotlarga qaraganda, bu summa 20 million evroni tashkil etishi mumkin.

De Yong 2019 yildan beri “Barselona” o‘yinchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!