“Manchester Yunayted” hujumi havas qiladigan darajaga etadi

  • 4 iyun, 2023, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida asosiy e’tiborini markaziy hujumchi topishga qaratadi.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, klub rahbariyati uch hujumchidan iborat ro‘yxatni shakllantirib bo‘lgan.

Birinchi navbatda, manchesterliklar Harri Keynni olib kelishga urinib ko‘radi. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi klub tarixidagi eng zo‘r to‘purarini raqib jamoalarga o‘tishiga qarshilik qilmoqda.

“Manchester Yunayted” zaxira varianti sifatida “Atalanta”dagi debyut mavsumida o‘zini ko‘rsata olgan Rasmus Xyoylunn va “Ayntraxt”da porlayotgan Randal Kolo-Muanini kiritgan.

Erik ten Xag jamoa kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishini inobatga olib, hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!