
“Manchester Yunayted” futbolchisi terma jamoadan qaytib kelmadi
Kot-d'Ivuar terma jamoasi taklifiga ko‘ra, “Manchester Yunayted”dan yurtiga ketgan himoyachi Erik Bayi ortga qaytgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, 26 yoshli himoyachi terma jamoa safida koronavirus yuqtirgan va shifokorlar nazoratiga olinib, davolanishga majbur bo‘lmoqda.
Ma’lumki, Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika millatlari kubogi musobaqasining saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Endi Bayi ma’lum muddat Buyuk Britaniya hududiga kira olmaydi. Natijada jamoasiga ham yordam berish imkoniga ega emas.
Qolaversa, ayni paytda bu o‘yinchi asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan edi. Afrikalik himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 15 marta maydonga tushdi xolos.
Fikrlar