"Manchester Yunayted" futbolchisi London klubiga o‘tishi mumkin

  • 2 iyul, 2022, 08:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning rejalariga kiritilmagan himoyachi Erik Bayi xizmatlariga boshqa ingliz klubi qiziqish  bildirmoqda.

Tecno

“90min” nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli afrikalik futbolchini yangi mavsumdan e’tiboran Angliya Premer ligasida qaytgan Londonning "Fulxem" klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ular allaqachon mankunianliklar bilan Bayi transferi borasida bog‘langan va ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishmoqda. Poytaxt klubi Erikni keyingi mavsumda sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi kutilmoqda.

“Transfermarkt” portali futbolchining narxini 6 million evroga baholagan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kot-d’Ivuarlik futbolchi o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida atigi 7 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!