“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rniga murabbiy topdi

  • 23 oktabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Britaniyalik milliardar Jim Retkliff “Manchester Yunayted”ning 25 foiz aktsiyalarini sotib olayotgani xabar qilingan edi.

Klub xo‘jayinlaridan biriga aylanadigan Retkliff hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan xayrlashishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, yangi xo‘jayin jamoani Grem Potterga topshirmoqchi. Bu mutaxassis “Brayton” va “Chelsi”da ishlagan edi.

The Sun nashrining yozishicha, Retkliffning Deyv Breylsford degan yaqin do‘sti bor. U “Nitstsa”ga egalik qiluvchi fondning sport direktori hisoblanadi. Yangi xo‘jayinga Grem Potterni olib kelishni aynan u tavsiya qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!