“Manchester Yunayted” birdan kuchayadi

  • 18 avgust, 2022, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoa hujumkorligini oshirish uchun tez orada “Chelsi”dan uch nafar o‘yinchini transfer qilmoqchi, deb xabar tarqatdi mashhur insayder Nizar Kinsella.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Erik ten Xag murakkab vaziyatdan chiqish uchun oldingi chiziq vakillari – Hakim  Ziesh, Kristian Pulishich hamda Kallum Xadson-Odoini nishonga olgan.

Ta’kidlash lozimki, bu futbolchilar Tomas Tuxel qo‘l ostida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Zaxirada o‘tirish ularning terma jamoadagi faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Shuning uchun ham bu o‘yinchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketish istagini bildirgan. Tabiiyki, ularning har biri yuqori saviyali ijrochilardir va xaridorlari soni ham kunsayin oshib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!