
“Manchester Yunayted” besh futbolchini olib keladi
Angliya Premer-ligasi jadvalining quyi qismiga tushib qolgan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshiradigan bo‘ldi.
Klub mutasaddilari ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzish barobarida jamoani kuchaytira oladigan yangi ijrochilar qidirmoqda.
Daily Mail nashri jurnalistlarining aniqlashicha, manchesterliklar yozshi transferlar davrida jamoaga olib kelinadigan besh nafar o‘yinchini nishonga oldi.
Manbaga ko‘ra, klub mutasaddilari Viktor Osimxen, Xavi Simons, Eberechi Eze, Benyamin Sheshko hamda Antuan Semeno kabi kuchli futbolchilarni jamoaga safiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar