"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytishga tayyor

  • 20 iyul, 22:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi Jeyms Trafford jamoaga qaytishga rozi. 

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabon "Bernli" bilan kelishuvga erishilsa, "shaharliklar" safiga o‘tishga tayyor.

Hozirda "Siti" klubi transfer narxini pasaytirish ustida ish olib bormoqda. Amaldagi kelishuvga ko‘ra, manchesterliklar Traffordni 40 million funt evaziga qayta sotib olish huquqiga ega. Ammo jamoa ushbu summadan kamroq to‘lashni istamoqda.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Traffordning qayta xarid qilinishi Edersonning ehtimoliy ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Braziliyalik posbon esa Turkiyaning "Galatasaray" klubi bilan muzokara olib borayotgani haqida bir necha mashhur nashrlar yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!