"Manchester Siti" va "Yuventus" o‘zaro futbolchi almashtirishga kelishib olishdi

  • 29 iyun, 2020, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" va "Yuventus" klublari yosh futbolchilar Felikc Korreyi va Pablo Morenoni o‘zaro almashtirishga kelishib olishdi.

Tecno

Ayni damda "Az" safida ijara asosida to‘p surayotgan 19 yoshli Korreyi shanba kuni "Yuventus"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Portugaliyalik futbolchi "Siti" ixtiyoriga o‘tgan yili "Benfika"dan kelib qo‘shilgan edi.

Qarama-qarshi tomonga esa 18 yoshli hujumchi Moreno yo‘l oladi. "Shaharliklar" 2018 yil "Barselona" akademiyasidan olib kelgan futbolchini "Jirona"ga ijaraga berish bo‘yicha kelishib ulgurgan.

Tomonlar yaqin kunlar ichida ushbu almashtirish ishlarini yakunlashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!