
“Manchester Siti”: Tezroq harakat qilmasak, qimmatbaho futbolchi qo‘ldan chiqib ketadi
“Manchester Siti” rahbariyati “Real” nishonida turgan va Madridga o‘tishga moyillik bildirgan Rodri Ernandes bilan tezroq yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda.
Ispaniyalik futbolchi 2019 yili “Atletiko”dan “shaharliklar” safiga o‘tganidan beri Xosep Gvardiola jamoasining eng muhim o‘yinchisi bo‘lib kelmoqda.
Manchesterliklar boshqa klublar Rodrini qo‘lga kirita olmasligini yaxshi biladi. Biroq “Qirollik klubi”ning o‘yinchiga qiziqayotgani ularni bezovta qilyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma berib bo‘lgan. Unda o‘yinchining maoshi Angliya Premer-ligasida eng katta mablag‘ topayotgan Kevin de Bryuyne va Erling Xolandga berilayotgan summaga juda yaqin qilib belgilandi.
28 yoshli yarim himoyachi “Siti” safida Angliya chempioni, Angliya kubogi, Liga kubogi, Chempionlar ligasi va kulblar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar