"Manchester Siti" PSJ futbolchisiga ko‘z tikdi

  • 19 mart, 02:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" kelasi yozda o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Fichajes" nashrining  xabar berishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni PSJ vingeri Dezire Due bilan shartnoma imzolashga undamoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti" 19 yoshli Due uchun 90 million evro to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, PSJ futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Dezire o‘tgan yilning avgust oyida "Renn"dan transfer qilinganidan keyin parijliklar safida o‘ynamoqda.

O‘shandan beri futbolchi 39 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va jamoadoshlariga 11 ta golli uzatma bergan. Mart oyida Due Frantsiya terma jamoasiga debyut chaqiruvini oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!