
"Manchester Siti" ko‘zlayotgan yana bir futbolchining ismi ma’lum bo‘ldi!
"The Athletic" nashrining yozishicha, "Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Teyani Reynders bilan jiddiy qiziqmoqda. Manchester klubi allaqachon italiyaliklar bilan bog‘langan va futbolchiga bo‘lgan qiziqishini bildirgan. Ammo hozircha rasmiy taklif yuborilmagan.
Muhimi, Reynders varianti klubning boshqa transfer rejalariga bog‘liq emas. Ya’ni, "Siti" Florian Virts ("Bayer") yoki Morgan Gibbs-Uayt ("Nottingem Forest")dan biri bilan shartnoma imzolagan taqdirda ham niderlandiyalik futbolchiga qiziqish saqlanib qoladi.
Teyani Reynders joriy mavsumda A Seriyada 10 ta gol urgan — bu jamoada Kristian Pulishichdan keyingi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Fikrlar