“Manchester Siti” katta transferni e’lon qildi

  • 11 iyun, 12:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” kelasi mavsumga puxta tayyorlanish va tarkibini kuchaytirish maqsadida yozgi transferlar davrida bir necha xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Tecno

Ulardan biri ijobiy yakunlandi.

Klub rasmiy sayti 21 yoshli yarim himoyachi Rayan Sherki “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzilgan.

Manchesterliklar Frantsiya milliy terma jamoasi safidagi faoliyatini bittadan gol va assist bilan boshlagan iqtidorli o‘yinchi uchun 40 million evro to‘ladi.

Sherki “Lion”ning asosiy jamoasida 2020 yildan beri o‘ynab kelayotgan edi. Hozirga qadar u barcha turnirlarda 185 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 29 ta gol va 45 assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

 Yakunlangan mavsum Rayan uchun  samarali bo‘ldi. U jami 44 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi va jamoadoshlariga 20 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!