"Manchester Siti" katta transferlarni ko‘zlamoqda

  • 25 iyul, 2020, 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga transferlar uchun 330 million evro ajratdi. Ispaniyalik mutaxassis ikkita himoyachi, bir nafardan yarim himoyachi va hujumchi olishi kerak.

Tecno

“Shaharliklar” mudofaa chizig‘ini kuchayiradigan ikki futbolchini Milan Shkrinyar, Kalidu Kulibali, Diego Karlos, David Alaba va Pau Torres orasidan tanlashi kerak.

Yarim himoyachi masalasida Gvardiola vakillari “Valensiya” vakili  Ferran Torres bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Jamoa hujum chizig‘iga “Barselona”ning armoniga aylanib borayotgan Lautaro Martinesni olib kelishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!