
"Manchester Siti" ispaniyalik yarim himoyachi sotib olmoqchi
Rays uchun kurashdan chiqqan "Manchester Siti" boshqa variantlarni ko‘rib chiqyapti. Klub "Selta" futbolchisi Gabri Veygaga qiziqmoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli yarim himoyachini "Chelsi" va "Liverpul" klublari ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Ispaniyalik futbolchining tovon puli 40 million evroga teng.
Ma’lumot uchun, Gabri Veyga yakuniga etgan mavsumda "Selta" tarkibida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar