
“Manchester Siti” ikki yulduziga haykal qo‘yadi
“Manchester Siti” rahbariyati tez orada uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Etixad” arenasi atrofida klub tarixida yorqin iz qoldirgan Vensan Kompani va David Silva hurmati uchun ularga haykal qo‘yadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” bu ikki tirik afsona haykalini premer-liganing uchinchi turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi uchrashuv oldidan ochmoqchi. Mazkur bahs 28 avgust kuni bo‘ladi.
Bundan tashqari, klub xo‘jayinlari 2022 yilda jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Serxio Agueroga ham haykal o‘rnatishni rejalashtirgan.
Fikrlar