
"Manchester Siti" himoyani kuchaytirish uchun "Nyukasl"dan futbolchi sotib olmoqchi
"Nyukasl Yunayted"ning 22 yoshli himoyachisi Tino Livramento faoliyatini boshqa Angliya Premer-liga klubi safida davom ettirishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, futbolchini “Manchester Siti” o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.
Livramento “Nyukasl” bilan 2028 yilning o‘rtalariga qadar amaldagi shartnomaga ega. Transfermarkt portali angliyalik fulbekni 35 million evroga baholamoqda.
Himoyachi 2023 yilning yozidan beri “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ayni damda APL turnir jadvalida “qarg‘alar” uchinchi o‘rinda bormoqda, “shaharliklar” esa, to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.
Fikrlar