“Manchester Siti” har ehtimolga qarshi Gvardiola o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi

  • 27 fevral, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Tecno

Biroq kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lishi va ispaniyalik mutaxassis lavozimini topshirishi ehtimoli ham yo‘q emas. Shu bois, “shaharliklar” uning o‘rniga boshqa nomzod topib qo‘ydi.

Il Messaggero nashrining yozishicha, “Manchester Siti” rahbariyatiga ayni paytda “Komo”ni boshqarayotgan Sesk Fabregas nomzodi ma’qul kelgan.

Fabregas Angliya Premer-ligasini yaxshi biladi. O‘z davrida u “Arsenal” va “Chelsi”da to‘p tepgan.

Qizig‘i shundaki,  murabbiylik faoliyatini yaqinda boshlagan Fabregasning xaridori ko‘payib ketdi. Uning faoliyatini “Barselona” ham kuzatib bormoqda.

Shuningdek, Italiyaning o‘zidan “Inter” va “Milan” hozirgi murabbiylar Simone Indzagi va Serjiu Konseysau ishdan olinadigan bo‘lsa, har ikki klub xo‘jayinlari bosh murabbiylikka Sesk Fabregasni taklif etishni meo‘ljallamoqda.

37 yoshli ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatini 2023 yili boshlagan edi. Dastlab “Komo”ning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Fabregas keyinchalik asosiy tarkibni shug‘ullantirishga o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!