
"Manchester Siti" futbolchisi zo‘rlashga urunishda ayblanmoqda
"Manchester Siti" himoyachisi Benjamin Mendiga yangi ayblovlar qo‘yilishda davom etmoqda.
Goal.com xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi bu safar zo‘rlashga urinishda ayblanmoqda. Mendi 6 xil ayol ishtirokidagi 9 ta jinsiy jinoyatda ayblanmoqda. Sud jarayoni 2022 yilning iyuliga belgilangan. Sudgacha bo‘lgan tergov-surushtiruv jarayoni 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 2021 yilning avgustida Mendini jamoadan chetlatgandi.
Fikrlar