
"Manchester Siti" futbolchisi o‘z xohishiga ko‘ra karantinga chiqdi
"Manchester Siti" klubi chap qanot himoyachisi Benjamen Mendi o‘z xohishiga ko‘ra karantinga chiqdi.
Gap shundaki, frantsiyalik futbolchining oila a’zolarida koronavirus alomatlari borligi shubha qilinmoqda. Shu bois Mendining o‘zi ham virus yuqtirib olishdan qo‘rqmoqda.
Mendi bu boradagi xabarni “Siti” rahbariyatiga ham ma’lum qilgan. Agar APLning keyingi tur o‘yinlari o‘tkazilsa, Benjamen ushbu bellashuvda jamoasiga yordam berolmaydi.
25 yoshli Mendi joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar