
“Manchester Siti” futbolchiga qancha maosh to‘laydi?
“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida bir necha xaridlarni amalga oshirishga qaror qilgan. Yangi o‘yinchilardan biri “Milan” etakchisi Tijani Reynders bo‘ladi.
Taniqli insayder Nikolo Skira “shaharliklar” niderlanliyalik yarim himoyachi transferiga 55 million evro badal puli va 15 million evro bonus ajratganini yozmoqda.
Ayni paytda transfer bo‘yicha muzokaralar yakunlanish arafasida turibdi.
Reynders klub bilan besh yillik shartnoma tuzadi va unga ko‘ra, har mavsum uchun 8 million evrodan maosh oladi.
Mahoratli futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar