"Manchester Siti" braziliyalik futbolchisini "Borussiya D"ga sotadi

  • 10 oktabr, 2024, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni Dortmundning "Borussiya" klubida ijarada o‘tkazayotgan "Manchester Siti" himoyachisi Yan Kouto nemis grandining to‘laqonli futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Borussiya"ning ijara shartnomasida ko‘rsatilgan Koutoni sotib olish bo‘yicha majburiy huquqi kuchga kirgan. To‘liq transfer summasi 30 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida “Borussiya” 22 yoshli futbolchini 4 million evro evaziga ijaraga olgandi. Koutno o‘tgan davr mobaynida dortmundliklar tarkibida jami ettita o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Borussiya” esa olti turdan keyin o‘n ochko bilan Germaniya chempionatida ettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!