
Manba: Shomurodov "Yuventus"ga o‘tadi
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi, deya yozmoqda "Tuttosport".
Manbaning yozishicha, Turin klubi Alvaro Morataga zaxira variant qidirmoqda. Shomurodov esa, "keksa sinoralar" short-listidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchi yozda "Rostov"dan "Jenoa"ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsum Eldor A Seriyada 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar