
Manba: Rossiya JCh yo‘llanmasi uchun Osiyoda kurash olib borishi mumkin!
Taniqli futbol mutaxassisi - Alisher Nikimbaevning yozishicha, Rossiya futbol ittifoqi OFKga o‘tib qolishi mumkin ekan.
Unga ko‘ra, OFK Rossiya yoki uning kompaniyalari tomonidan keladigan homiylik (katta) pullaridan motivatsiya olishi mumkin ekan. Ya’ni, Rossiya terma jamoasini qit’amizdagi futbol musobaqalarida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
E’tiborlisi shundaki, agar mish-mishlar isbotini topsa, OFKning yangi a’zosi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan mundial saralashining ikkinchi bosqichidan o‘z yurishini boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqich noyabr oyidan start oladi.
Fikrlar