
Manba: "Nyukasl" 70 million evroga futbolchi xarid qildi
Hujumchi Aleksandr Isak "Nyukasl" bilan shartnoma imzoladi. Jurnalist Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, shved allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, keyin esa 6 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Avvalroq "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xou klub Isakni sotib olishga juda yaqin ekanligini tasdiqlagan edi. Shu tariqa, kelishuv haqidagi rasmiy e’lon tez orada ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real Sosedad” hujumchisi ingliz klubiga 70 million evroga tushadi. Futbolchi san-sebastyanliklar tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchiga aylanadi.
Isak "Nyukasl"ning "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin.
Fikrlar