"Man Siti" sobiq forvardi "Yuve"ning asosiy maqsadiga aylandi

  • 5 iyul, 2020, 13:33
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" hujumchisi Edin Jeko yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Ushbu transferga "Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining o‘zi qiziqish bildirmoqda. Bosniyalik futbolchining o‘yiniga muxlis bo‘lgan mutaxassis uni Gonsalo Iguainga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

O‘z navbatida, "Roma" jamoa sardorini koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan moliyaviy zarar sabab transferga qo‘yishga majbur bo‘lishi mumkin.

34 yoshli hujumchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Ayni vaqtda futbolchi "Roma"da yiliga 7,5 million evro maosh oladi. Oldinroq, Jeko klub bilan kelishuvni uzaytirish uchun yillik maoshini 6 million evrogacha pasayishiga rozi ekanligi xabar qilingan edi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda "Roma" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 9 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!