
Maktominey "Manchester Yunayted"ni tark etib, Italiyaga ko‘chib o‘tishi haqida jiddiy gapirdi
Shotlandiya terma jamoasi va "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominey "Manchester Yunayted"dan Italiyaga o‘tishini hayotidagi jiddiy qadam va qulay sharoitdan chiqish deb atadi. Bu haqda u "BBC" bilan intervyusida gapirdi.
"Neapoldagi odamlar ajoyib – ularda shijoat juda katta. Qaerga bormang, hamma erda: "Olg‘a, "Napoli"! degan ovoz eshitasiz. Ular siz bilan suhbatlashmoqchi bo‘ladi, bu esa maydonga chiqqanda ilhom baxsh etadi, chunki ular uchun befarq emassiz.
Bu erda hayot mutlaqo boshqacha. Ovqatlanish, yashash tarzi – barchasi o‘zgacha. Bu ruhiy jihatdan ham kuch beradi.
Men har doim onamga yaqin yashaganman, xohlasam borib ko‘rardim. Hozir esa 2500 kilometr uzoqdaman. Endi shunchaki borib, onamni, oilamni, singlimni yoki bolalarni ko‘ra olmayman. Lekin hayotda ba’zida o‘zingni qulay sharoitdan chiqarishingiz kerak va men bundan har doim faxrlanib kelganman.
Men hech qachon joyimda to‘xtab qolishni istamaganman. Agar men qaergadir borib, o‘sha erda o‘zimni ko‘rsata olsam va muvaffaqiyatga erishsam – nega yo‘q? Menga kim to‘siq bo‘la oladi?" – deya ta’rif berib o‘tdi "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi.
Fikrlar