
Maguayr: Hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr o‘ziga nisbatan bo‘ladigan muntazam tanqidlar haqida gapirdi.
“Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas. “Manchester Yunayted” safida 200 dan ortiq va terma jamoa safida 50 ga yaqin o‘yin o‘tkazdim. Ammo siz bunday jamoaning sardori bo‘lganingizda, sizni ko‘proq va diqqat bilan kuzatib borishadi”, - dedi Maguayr.
30 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta sariq kartochka oldi.
«Manchester Yunayted» 26 turdan keyin 50 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar