
Magomed Ankalaev: "Seni nokaut qilaman, Aleks Perreyra!"
UFC ning yarim og‘ir vazn (−93 kg) chempioni Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi jang haqida gapirdi.
"Bugun men oxirgi og‘ir mashg‘ulotimni o‘tkazdim va revanshga tayyorman. Keyingi hafta seni nokaut qilaman, Aleks!", - dedi rossiyalik X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu revansh 25 oktyabr kuni "UFC 320" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar