
Madridliklar Manchesterning ikki yulduzini olib ketadi
Madridning “Atletiko” jamoasi joriy mavsum chempionlik uchun kurashda “Barselona” va “Real”ga etarli darajada raqobat ko‘rsata olmayapti.
Shu bois, bosh murabbiy Diego Simeone kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.
TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan ikki hujumkor futbolchi – Alexandro Garnacho va Antonini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
“Manchester Yunayted”ni Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin Garnacho va Antonining ishlari yurishmay qoldi. Murabbiylar shtabi argentinalik va braziliyalik o‘yinchilardan to‘liq qutilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar har ikki o‘yinchi uchun 100 million evro tikadigan jamoaning taklifini qabul qilishini ta’kidlagan.
Fikrlar