
Madridliklar ashaddiy raqib – “Barsa”dan 100 mln evrolik futbolchi so‘rayapti!
Ispaniya chempionligi uchun kurashayotgan “Atletiko” asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Barselona” futbolchisi Rikard Puchga ko‘z tikmoqda.
Madrid klubi rahbariyati 21 yoshli yarim himoyachini jamoani tark etishi kutilayotgan asosiy yulduzlardan biri Saul Nigesga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonega kreativ futbolchining maydon markazidan tashqari, qanotlarga yaqin pozitsiyalarda ham o‘ynay olishi ma’qul kelmoqda.
Bu transfer amalga oshishiga Puchning transfer summasi to‘sqinlik qilishi mumkin. “Barselona” futbolchining shartnomasida uning badal puli 100 million evro ekanini belgilab qo‘ygan va bu bitim 2023 yilning yozigacha davom etadi.
Rikard Puch joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.
Fikrlar