
Madrid derbisida "Vanda Metropolitana"ga muxlislar tashrifi bo‘yicha stadion rekordi o‘rnatildi
La Liganing 7-turida "Atletiko" o‘z uyida "Real" (0:0) ni qabul qildi.
Ushbu uchrashuv "Vanda Metropolitana" stadionida bo‘lib o‘tdi. Arena 68 032 nafar muxlisni qabul qilib, o‘z rekordini o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord ham Madrid derbisida kuzatilgandi. 2019 yilning fevralida bo‘lib o‘tgan derbida 67 752 nafar ishqiboz stadiondan turib bahsni kuzatgan.
Fikrlar