
Lyovning Germaniya terma jamoasidagi o‘rnini Klopp egallaydimi?
Xabaringiz bor, bundan avvalroq Yoaxim Lyov “Evro-2020”dan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa yozda ushbu lavozimni egallash niyatida emasligini aytib o‘tdi.
“Men bu yozda Germaniya terma jamoasini boshqarmayman. Men ularga yaqin orada bu lavozimni egallamasligimni allaqachon aytgandim. "Liverpul" bilan yana uch yillik shartnomam bor. Men bu kelishuvga shu erda ishlashni xohlaganim uchun imzo chekganman.
Men "Maynts" va "Borussiya" Dortmundda ishladim, garchi boshqa klublar menga qiziqish bildirishgan va ko‘proq pul taklif qilishgan bo‘lsa ham, shartnoma men uchun katta ahamiyatga ega. Albatta, Lyovning ketishi haqidagi xabar meni hayratda qoldirdi, umid qilamanki, ular bu lavozimga munosib o‘rinbosar topishadi”, - dedi Klopp.
Fikrlar