Lukaku nega Ibrohimovich bilan mushtlashmoqchi bo‘ldi?!

  • 27 yanvar, 2021, 20:45
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan shahrini ikkiga ajratib qo‘ygan uchrashuvda ikkita baquvvat hujumchi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Kubok uchrashuvi bo‘lishiga qaramay, jamoalar 90 daqiqa «jang» qildi. Sal bo‘lmasa, bu to‘qnashuv Lukaku va Ibrohimovichning o‘zaro mushtlashuviga aylanib ketishi ham mumkin edi, biroq o‘z vaqtida hammasiga chek qo‘yildi. Xo‘sh, o‘sha uchrashuvda aslida nima sodir bo‘ldi?

Tecno

korgorkogkrt

O‘yin kutilganidek, keskin kurashlar ostida boshlandi. 31-daqiqaga kelib, Ibrohimovich aniq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va «Milan»ni oldinga olib chiqdi. Darvoza to‘siniga tegib, golga aylangan zarba «Milan»ga uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun qulay imkoniyat taqdim etdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, Ibra kutilmaganda, Lukaku bilan to‘qnashib ketdi. Hujumchilar darrov o‘rnidan turdi va bir-birini «iliq» so‘zlar bilan siylashni boshlab yubordi.

Ibrohimovich o‘z manerasida Lukakuga jilmayib turar, negadir Romelu hech o‘zini bosa olmadi. Jamoadoshlari kelgach, uni zo‘rg‘a nariroqqa olib ketishdi. Shunga qaramay, belgiyalik futbolchi o‘z g‘azabini jilovlay olgani yo‘q. U shvedni «parcha-parcha» qilib tashlashga tayyor alfozda edi. Uchrashuvdan so‘ng, qiziquvchan ingliz jurnalistlari Lukakuni nima bu darajada quyushqonidan chiqarib yuborganini aniqlashga kirishib ketdi. Futbolchilar o‘rtasidagi dialog tiklandi.

- «Ey ahmoq, bor vudu bilan shug‘ullanishda davom et!»

- «Sen mening onam haqida gaplashmoqchimisan?  Bu erga kel qo‘rqoq»

Ibra sekin ortga qaytishni boshlagan bir paytda, Romelu raqibini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishga tushib ketdi. Zlatan esa, Lukakuning so‘zlariga e’tibor bergani yo‘q. Vaholanki, u allaqachon so‘z bilan uni yaralab bo‘lgan edi. Shu o‘rinda, "vudu nima?", degan savol tug‘ilishi turgan gap.

erugeurgerg

Vudu — Karib dengizi orollarida vujudga kelgan, monoteistik sinkretik din. Afrika sehrgarligi va Evropa katolikligining sintezidir. Belgiya terma jamoasi a’zosi sanalgan hujumchi ushbu din urf-odatlariga qattiq rioya qiladi. Ibra aynan shu mavzudan xabardor bo‘lgani uchun hazil aralash yuqoridagi jumlani tuzgan bo‘lsa, ajab emas. Lukaku buni bejiz yuragiga yaqin olgani yo‘q. Gap shundaki, qahramonimiz deyarli har bir qarorini aynan vudu orqali qabul qilishga o‘rganib qolgan.

eorkfoerkfkoerg

«Everton» jamoasi egasi Farad Moshiri ham ancha avvalroq, Lukakuning vuduga jiddiy e’tibor berishi haqida ta’kidlab o‘tgan edi.

«Uning shartnomasi yakunlanishiga oz qolgan edi. Tabiiyki, biz yangi shartnoma taklif qildik. Romelu buni ijobiy qabul qildi, biroq bir necha kundan so‘ng, taklifimizni rad etdi. Gap shundaki, bu qarorga kelishiga uning vuduga ruju qo‘ygan onasi undagan ekan. Biz hech narsa qila olmadik. U vudu rohiblarining gapiga asoslanib, biz bilan hamkorlikni davom ettirishni istamadi. To‘g‘risi, bu juda g‘alati».

atslualo‘tsulao‘uts

Aslida, Zlatanning o‘tkir hazilini Lukaku hazm qila olmagani uchun ham unga tashlanmoqchi bo‘lgan ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu janjal shunday qolmaydi. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, tartib intizom qo‘mitasi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ish boshlab yuborgan. Agar shvedning aybi tasdiqlansa, unga kattagina jarima belgilanishi mumkin. Agarda Ibra aytgan so‘zlar irqchilik, deb tan olinsa, futbolchi katta muammolarga duch kelishi turgan gap. Butun dunyo "Black Lives Matter" uchun birlashgan paytda, bu janjal osonlik bilan tinchib ketmasligi aniq. Hozircha, nima bo‘lishi noma’lum, biroq bir narsa aniq. Zlatan bor joyda hech qachon zerikmaysiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!