
Luis Enrike: "Ushbu tarixiy mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashimiz kerak"
Xabaringiz bor, ertaga klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati finali bo‘lib o‘tadi. Unda Londonning "Chelsi" va Parijning PSJ jamoalari to‘qnash keladi.
Bugun uchrashuv oldidan ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Luis Enriki unda qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Ushbu tarixiy mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashimiz kerak. Bu biz uchun ham, klub uchun ham va muhlislarimiz uchun ham katta ahamiyatga ega. ”Chelsi” bizga o‘xshash jamoa. Jismoniy jihatdan juda baquvvat futbolchilardan iborat. Ular to‘liq jamoaviy tarkibga ega bo‘lib, yaxshi mavsum o‘tkazishdi. Bu o‘yin oson bo‘lmaydi, ertaga maydonda keskin kurash bo‘ladi",- dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" va PSJ o‘rtasidagi final uchrashuvi 14 iyul, tungi soat 00:00 start oladi.
Fikrlar